Vaqt o’tishi bilan dasturchilar oldiga quyilgan vazifalar o’zgarib boryapti. Bundan yigirma yil oldin  dasturlar katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tuzilar edi. Bunda dasturni yozuvchi ham, uning foydalanuvchisi ham kompyuter sohasidagi bilimlar bo’yicha professional bo’lishi talab etilardi. Hozirda esa ko’pgina o’zgarishlar ro’y berdi. Kompyuter bilan ko’proq uning apparat va dasturiy ta’minoti haqida tushunchalarga ega bo’lmagan kishilar ishlashyapti. Kompyuter  odamlar tomonidan  uni chuqur o’rganish vositasi emas, ko’proq o’zlarining oldilariga  qo’yilgan, o’zlarining ishlariga tegishli bo’lgan muammolarini yechish moslamasi bo’lib qoldi.

Foydalanuvchilarning ushbu yangi avlodini dasturlar bilan ishlashlarini osonlashtirilishi bilan  bu dasturlarning o’zini murakkabligi darajasi oshadi. Zamonaviy dasturlar – foydalanuvchi bilan do’stona munosabatni yuqori darajada tashkil qiladigan ko’p sondagi oynalar, menyu, muloqot oynalari va vizual grafikaviy muhitlardan tarkib topgan interfeysga ega bo’lishi lozim.

Dasturlashga talabning o’zgarishi nafaqat tillarning o’zgarishiga, balki uni yozish texnologiyasini ham o’zgarishiga olib keldi.

News Reporter

4 thoughts on “Dasturchilar oldida turgan vazifalar

  1. Fikirlar yaxshi jamlangan. Har xil hisoblarga dastur tuzaman,ammo sayt yaratish va ma’lumotlar omboridagi fayillarni birlashtirish muommo. o’zlashtirishga yordam beraolasizmi.

Leave a Reply to mnx Cancel reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *