Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi yuksak texnologiyalar davrida dasturiy ta’minot bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga talab oshib bormoqda. Tajribali dasturchilarga yuqori maosh taklif etilmoqda.

Bilasizmi, dasturlashni tekinga ham о‘rgansa bо‘ladi. Buning uchun esa vaqt va sabr kerak bо‘ladi. Tо‘rt bosqichli о‘qib-о‘rganish davridan sо‘ng siz ham bemalol dasturiy ta’minot bilan shug‘ullanishingiz mumkin.

 

1-bosqich. О‘rganish

Ishni “Codecademy”dan boshlang. Ushbu interaktiv platforma yordamida dasturlash bо‘ycha bepul saboq olish mumkin. “HTML/CSS” orqali bepul xostingda о‘z saytingizni yarating. Sо‘ngra kamida ikki hafta “Javascript” bilan shug‘ullaning. “Y Combinator” va “Product Hunt” yordamida esa bugungi kunda dasturchilarni kо‘proq nimalar qiziqtirayotganini bilib olishingiz mumkin.

“Codecademy”dan sо‘ng ilova tayyorlash bо‘yicha aniq yо‘nalishni tanlab oling. Masalan, “Android”, “JavaScript” va “Ruby” ma’qul tanlov bо‘ladi. Bir hafta davomida turli usullarni о‘rganing. Har xil tillarda “Hello, World!” sо‘zini yozib kо‘ring. Erishgan natijangizga qarab о‘zingizga ma’qul texnologiyani tanlang va shug‘ullaning.

Endi esa о‘quv dasturini tuzish kerak. Bu turli onlayn-kurslar yoki malakani oshiruvchi kichik loyihalar bо‘lishi mumkin. “GitHub”da akkaunt oching va unda uch oy ichida loyiha tayyorlashga urinib kо‘ring.

Turli texnologiyalar qо‘llanilgan ochiq kodli loyihalarga e’tibor qarating. О‘rganish davomida “oDesk” va “CodersClan” saytlariga ham kirib, malakangizni oshirib borishingiz mumkin.

 

2-bosqich. Kо‘ngilli ish

Yangi о‘zlashtirgan bilimingizni birorta tashkilot bilan hamkorlikda foydali ishga sarflang. Masalan, о‘sha tashkilot uchun qandaydir loyiha yaratishingiz mumkin. 

 

3-bosqich. Startapda ishlash

Birorta startapni qidirib toping va uning ustida ishlang. Bu sizga tajribali mutaxassislarni topishga yordam beradi. Ular sizning butun faoliyatingiz davomida kerakli maslahatlar beruvchi hamkoringizga aylanishlari mumkin.

 

4-bosqich. Startap

Texnik malakaga ega bо‘lganingizdan sо‘ng dо‘stlaringiz yoki hamkorlaringiz bilan biror g‘oyani amalga oshirishga kirishsangiz bо‘ladi. Yangi texnologiyalar yordamida yangiliklar yaratish qanday samarali ekanligiga о‘zingiz ham guvoh bо‘ling.

Bu tо‘rt bosqich tezdagina bosib о‘tiladigan yо‘l emas. Professional dasturchi bо‘lish uchun yillar kerak bо‘ladi. 

Omadsizlikka duch kelganingizda, loyihangiz samarasiz yakunlanganida yoki о‘ylagan ishingiz amalga oshmaganida umidsizlikka tushmang, sabrli bо‘ling. Yordam kerak bо‘lganida boshqalardan kо‘mak sо‘rashga uyalmang.

Maqsadingiz sari intiling. Shundagina о‘z biznesiga ega dasturiy ta’minotchi bо‘la olasiz. 

Manba: Xabardor.uz

News Reporter

7 thoughts on “Dasturlashni mustaqil o’rganmoqchimisiz…

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *