Dasturlarni yozish uchun asosiy til qilib S/S++ dasturlashtirish tili tanlangan. Mazkur til, hozirda deyarli barcha texnik oliy o’quv yurtlarida keng ko’lamda o’rgatilmoqda. Ushbu tilda dasturlash usullarini yaxshilab o’rganib, boshqa algoritmik tillar, masalan Java, Visual Basicning sintaksisi va boshqa xususiyatlarini o’rganish juda oson. Asosiy maqsad tilni bilish emas, dasturlash tajribasini mukammal egallashdir. Dasturlashni zo’rlab o’rganib bo’lmaydi, buning uchun qobiliyat hamda intilish  bo’lishi talab etiladi.

Dastur so’zi ham komandalarning alohida blokini (berilgan kodini) aniqlovchi so’z, ham  yaxlit holdagi bajariluvchi dasturiy mahsulotni belgilovchi so’z sifatida ishlatiladi.

Biz ishlaydigan har qanday dastur biror-bir shaxs tomonidan yozilgan bo’lib, ular dasturchilar deb ataladi. Dasturchilar dasturni maxsus tillarda yozishadi va ularni dasturlash tillari deb aytishadi. Bu tillar yordamida dasturchilar kompyuterga bajarish kerak bo’lgan amallarni tushuntirishadi. Bu amallar umuman olganda, kompyuterning nimani, qaysi hollarda, necha marotaba va qachongacha bajarish kerak bo’lgan aniq yo’riqnomaga o’xshaydi. Amallarning o’zi esa algoritmlar deb ataladi. Shuning uchun unga aniqlik kiritamiz.

Demak, dasturni yo dasturchi tomonidan yoziladigan komandalar to’plami, yoki  amallarni bajaradigan kompyuter mahsuloti sifatida tushunamiz.

News Reporter

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *