OMYo dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda oltida asosiy maqsadni ko’zlaydi. OMYo paradigmasiga muvofiq ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot quyidagi xususiyatlarga ega bo’lmog’i lozim:

1. tabiiylik;

2. ishonchlilik;

3. qayta qo’llanish imkoniyati;

4. kuzatib borishda qulaylik;

5. takomillashishga qodirlik;

6. yangi versiyalarni davriy chiqarishning qulayligi.

Tabiiylik

OMYo yordamida tabiiy dasturiy ta’minot yaratiladi. Tabiiy dasturlar tushunarliroq bo’ladi. Dasturlashda «massiv» yoki «xotira sohasi» kabi atamalardan foydalanish o’rniga, yechilayotgan masala mansub bo’lgan soha atamalaridan foydalanish mumkin. Ishlab chiqilayotgan dasturni kompyuter tiliga moslash o’rniga, OMYo aniq bir sohaning atamalaridan foydalanish imkonini beradi.

Ishonchlilik

Yaxshi dasturiy ta’minot boshqa har qanday mahsulotlar, masalan, muzlatgich yoki televizorlar kabi ishonchli bo’lmog’i lozim.

Puxta ishlab chiqilgan va tartib bilan yozilgan obyektga mo’ljallangan dastur ishonchli bo’ladi. Obyektlarning modulli tabiati dastur qismlaridan birida, uning boshqa qismlariga tegmagan holda, o’zgartishlar amalga oshirish imkonini beradi. Obyekt tushunchasi tufayli, axborotga ushbu axborot kerak bo’lgan shaxslar egalik qiladi, mas’uliyat esa berilgan funksiyalarni bajaruvchilar zimmasiga yuklatiladi.

Qayta qo’llanish imkoniyati

Quruvchi uy qurishga kirishar eakan, har gal g’ishtlarning yangi turini ixtiro qilmaydi. Radiomuxandis yangi sxemani yaratishda, har gal rezistorlarning yangi turini o’ylab topmaydi. Unda nima uchun dasturchi «G’ildirak ixtiro qilaverishi kerak»? Masala o’z yechimini topgan ekan, bu yechimdan ko’p martalab foydalanish lozim.

Malakali ishlab chiqilgan obyektga mo’ljallangan sinflarni bemalol takroran ishlatish mumkin. Xuddi modullar kabi, obyektlarni ham turli dasturlarda takroran qo’llash mumkin. Modulli dasturlashdan farqli o’laroq, OMYo mavjud obyektlarni kengaytirish uchun vorislikdan, sozlanayotgan kodni yozish uchun esa polimorfizmdan foydalanish imkonini beradi.

Kuzatib borishda qulaylik

Dasturiy mahsulotning ish berish davri uning ishlab chiqilishi bilan tugamaydi. Dasturni ishlatish jarayonida kuzatib borish deb nomlanuvchi tirgak kerak. Dasturga sarflangan 60 foizdan 80 foizgacha vaqt kuzatib borishga ketadi. Ishlab chiqish esa ish berish siklining 20 foizinigina tashkil etadi.

Puxta ishlangan obyektga mo’ljallangan dastur ishlatishda qulay bo’ladi. Xatoni bartaraf etish uchun, faqat bitta o’ringa to’g’rilash kiritish kifoya qiladi. Chunki ishlatishdagi o’zgarishlar tiniq, boshqa barcha obyektlar takomillashtirish afzalliklaridan avtomatik ravishda foydalana boshlaydi. O’zining tabiiyligi tufayli dastur matni boshqa ishlab chiquvchilar uchun tushunarli bo’lmog’i lozim.

Kengayishga qodirlik

Foydalanuvchilar dasturni kuzatib borish paytida tez-tez tizimga yangi funksiyalarni qo’shishni iltimos qiladilar. Obyektlar kutubxonasini tuzishning o’zida ham ushbu obyektlarning funksiyalarini kengaytirishga to’g’ri keladi.

Dasturiy ta’minot statik (qotib qolgan) emas. Dasturiy ta’minot foydali bo’lib qolishi uchun, uning imkoniyatlarini muttasil kengaytirib borish lozim. OMYo da dasturni kengaytirish usullari ko’p. Vorislik, polimorfizm, qayta aniqlash, vakillik hamda ishlab chiqish jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan ko’plab boshqa shablonlar shular jUMLasidandir.

Yangi versiyalarning davriy chiqarilishi

Zamonaviy dasturiy mahsulotning ish berish davri ko’p hollarda haftalar bilan o’lchanadi. OMYo tufayli dasturlarni ishlab chiqish davrini qisqartirishga erishildi, chunki dasturlar ancha ishonchli bo’lib bormoqda, kengayishi osonroq hamda takroran qo’llanishi mumkin.

Dasturiy ta’minotning tabiiyligi murakkab tizimlarning ishlab chiqilishini osonlashtiradi. Har qanday ishlanma hafsala bilan yondoshuvni talab qiladi, shuning uchun tabiiylik dasturiy ta’minotning ishlab chiqish davrlarini qisqartirish imkonini beradi, chunki butun diqqat-e’tiborni yechilayotgan masalaga jalb qildiradi.

Dastur qator obyektlarga bo’lingach, har bir alohida dastur qismini boshqalari bilan parallel ravishda ishlab chiqish mumkin bo’ladi. Bir nechta ishlab chiquvchi sinflarni bir-birlaridan mustaqil ravishda ishlab chiqishi mumkin bo’ladi. Ishlab chiqishdagi bunday parallellik ishlab chiqish vaqtini qisqartiradi.

News Reporter

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *