Shu vaqtgacha dasturlar berilgan ma’lumotlar ustida biror bir amal bajaruvchi proseduralar ketma-ketligidan iborat edi. Prosedura yoki funksiya ham o’zida aniqlangan ketma-ket bajariluvchi komandalar to’plamidan iboratdir. Bunda berilgan ma’lumotlarga murojaatlar  proseduralarga ajratilgan holda amalga oshiriladi.

Strukturaviy dasturlashning asosiy g’oyasi  «bo’lakla va  hukmronlik qil» prinsipiga butunlay mos keladi. Kompyuter dasturini masalalar to’plamidan iborat deb qaraymiz. Oddiy tavsiflash uchun murakkab  bo’lgan ixtiyoriy  masalani bir  nechta nisbatan kichikroq bo’lgan  tarkibiy masalalarga ajratamiz va bo’linishni toki masalalar tushunish uchun yetarli darajada oddiy bo’lguncha davom ettiramiz.

Misol sifatida kompaniya xizmatchilarining o’rtacha ish haqini  hisoblashni olamiz. Bu masala sodda emas. Uni qator qism  masalalarga bo’lamiz:

  1. Har bir xizmatchining oylik maoshi qanchaligini aniqlaymiz.
  2. Kompaniyaning xodimlari sonini aniqlaymiz.
  3. Barcha ish, haqlarini yig’amiz.
  4. Hosil bo’lgan yig’indini kompaniya xodimlari soniga bo’lamiz.

Xodimlarning oylik maoshlari yig’indisini hisoblash jarayonini ham bir necha bosqichlarga ajratish mumkin.

  1. Har bir xodim, haqidagi yozuvni o’qiymiz.
  2. Ish xaqi to’g’risidagi ma’lumotni olamiz.
  3. Ish haqi qiymatini yig’indiga qo’shamiz.
  4. Keyingi xodim, haqidagi yozuvni o’qiymiz.

O’z navbatida, har bir xodim, haqidagi yozuvni o’qish jarayonini ham nisbatan kichikroq qism operasiyalarga ajratish mumkin:

  1. Xizmatchi faylini ochamiz.
  2. Kerakli yozuvga o’tamiz.
  3. Ma’lumotlarni diskdan o’qiymiz.

Strukturaviy dasturlash murakkab masalalarni yechishda yetarlicha muvofaqqiyatli uslub bo’lib qoldi. Lekin, 1980 – yillar  oxirlarida Strukturaviy dasturlashning ham ayrim kamchiliklari ko’zga tashlandi.

Birinchidan, berilgan ma’lumotlar (masalan, xodimlar, haqidagi yozuv) va ular ustidagi amallar (izlash, tahrirlash)  bajarilishini   bir butun tarzda tashkil etilishidek tabiiy jarayon realizasiya qilinmagan edi. Aksincha, proseduraviy dasturlash berilganlar strukturasini  bu ma’lumotlar ustida amallar bajaradigan funksiyalarga ajratgan edi.

Ikkinchidan, dasturchilar doimiy tarzda eski muammolarning yangi yechimlarini ixtiro qilar edilar.  Bu  situasiya ko’pincha velosipedni qaytam ixtiro qilish ham deb aytiladi. Ko’plab dasturlarda takrorlanuvchi bloklarni  ko’p martalab qo’llash imkoniyatiga bo’lgan hohish tabiiydir. Buni radio ishlab chiqaruvchi  tomonidan priyomnikni yig’ishga o’xshatish mumkin. Konstruktor har safar diod va tranzistorni ixtiro qilmaydi. U oddiygina – oldin tayyorlangan radio detallaridan foydalanadi xolos. Dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar uchun esa bunday imkoniyat ko’p yillar mobaynida yo’q edi.

Amaliyotga do’stona foydalanuvchi interfeyslari, ramkali oyna, menyu va ekranlarni tadbiq etilishi  dasturlashda yangi uslubni keltirib chiqardi. Dasturlarni ketma-ket boshidan oxirigacha emas, balki uning  alohida bloklari bajarilishi talab qilinadigan bo’ldi. Biror bir aniqlangan hodisa yuz berganda dastur unga mos shaklda ta’sir ko’rsatishi lozim. Masalan, bir knopka bosilganda faqatgina unga biriktirilgan  amallar bajariladi. Bunday uslubda dasturlar ancha interaktiv bo’lishi lozim. Buni ularni ishlab chiqishda hisobga olish lozim.

Obyektga mo’ljallangan dasturlash bu talablarga to’la javob beradi. Bunda dasturiy komponentlarni ko’p martalab qo’llash va berilganlarni manipulyasiya qiluvchi metodlar bilan birlashtirish imkoniyati mavjud.

Obyektga mo’ljallangan dasturlashning asosiy maqsadi berilganlar va ular ustida amal bajaruvchi proseduralarni yagona obyekt deb qarashdan iboratdir.

News Reporter

2 thoughts on “Proseduraviy, strukturaviy va obyektlarga mo’ljallangan dasturlash

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *