Abituriyentlar, qiziquvchilar, o’qituvchilar va o’quvchilar uchun ajoyib yangilik! Yaqidagina barcha fanlardan mobil qurilmalarda test dasturlari ishlab chiqishni boshladik  va foydalanuvchilar uchun juda katta imkoniyatlarni tuxfa etmoqdamiz. Bu dastur TARIX fanidan bo’lib… 

TARIX fanidan test dasturi

Endilikda abituriyentlar va о‘quvchilar mobil telefon, planshet yoki kompyuter orqali zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan unumli foydalangan holda oliy о‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga yangicha usulda tayyorgarlik kо‘rishlari mumkin. Ya’ni uyda, о‘quv muassasasida, internet kafelarda va boshqa joylarda test dasturi yordamida bir necha turdagi fanlardan test sinovlarini topshirishlari va о‘z bilimlarini mustahkamlab borishlari mumkin.

Screenshot_2017-04-12-17-05-34Kelayotgan 1 avgust imtihonlariga tayyorlanishda ushbu  usuldan ham foydalanib kо‘rsangiz aslo yutqamaysiz. Hoziroq dasturni arzimagan pulga sotib oling hamda uning imkoniyatlarini sinab kо‘ring. Biz esa tizimning asosiy qulayliklari va boshqa bu kabi tizimlardan ustunliklarini batafsil yoritib beramiz.

Birinchidan, ayni damda tizim bazasi 1500 mingtaga yaqin test savollaridan tashkil topgan, bunda kirish imtihonlarida mavjud barcha fundamental manbalar: to’plam, Abituriyent kutubxonasi va DTM test savollaridan turli darajadagi testlar foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Tizim bazasi har oyda yangi test savollari bilan tо‘ldirib boriladi.

Ikkinchidan, tizimda mavzulashtirilgan testlarni topshirishingiz mumkin. Siz dasturni ishga tushirgach 36 tagacha bо‘lgan test savollaridan iborat sinovni xohlagancha topshira olasiz. Bunda foydalanuvchi tomonidan ishlangan variantlar ishlab bo’lingach dasturni qayta ishga tushirgach dastur bazasidan yana boshqa yangi variantlar ishga tushadi, xato ishlanayotgan va ko’p o’ylangan test savollari keyingi sinovlarda takroriy beriladi. Bu imkoniyat Sizning biror bir mavzuni chuqur va puxta о‘zlashtirishingizda katta yordam beradi.

Uchinchidan, Foydalanuvchi tomonidan TARIX fanidan oliy о‘quv yurtiga mos ravishda 36 talik, jami 1500 ta test savoli taqdim etiladi. Bunda abituriyent xuddi 1 avgust imtihonlarida bо‘lgani kabi test sinovini topshiradi hamda yakuniy natijalarga ega bо‘ladi. Bu usul abituriyentning kirish imtihonlariga tayyorgarlik darajasini mustaqil baholash uchun qulay vositadir. Tizimda istalgan vaqtda, istalgancha offline imtihon topshirish imkoniyati mavjud.  Har hil variantlarda test savollarining qaytarilish darajasi juda ham minimal.

Screenshot_2017-04-12-17-05-47

Tо‘rtinchidan, foydalanuvchi topshirgan testlar va sinov natijalari test oxirida to’liq ko’rsatiladi va TESTNI KO’RISH bo’limi orqali Xato belgilangan savolini ko’rishi, undan tashqari shu bo’limda xato belgilangan savollarning to’g’ri javobi yashil rangda ko’rsatiladi, bu esa uning bilim darajasini monitoring qilish, shaxsiy rivojlanish kо‘rsatkichlarini tahlil qilish va qaysi savolda ball kо‘rsatkichlari past ekanligini nazorat qilib borish imkoniyatini beradi. Abituriyent о‘z bilimlarini mustahkamlash uchun test dasturidan testlarni qayta topshirgan holda bilimlarini mustahkamlab natijalarni yaxshilab borishi mumkin.

Beshinchidan, tizimni ishlab chiqish jarayonida foydalanuvchilar uchun maksimal qulaylik yaratishga katta e’tibor berilgan. Bunda:

  • Test savollari tiniq shriftlarda berilgan;
  • Dastur dizayni yangicha ishlab chiqilgan
  • Test dasturidan foydalanishda INTERNET yoki WIFI shart emas.
  • Tugallanmay qolgan testlarni ixtiyoriy vaqtda davom ettirish imkoniyati mavjud;
  • Dasturning mobil versiyasi mavjudligi undan mobil telefonlar va planshetlarda ham foydalnish imkoniyatini taqdim etadi.

Screenshot_2017-04-12-17-05-21

Agar Siz yoki farzandingiz, dо‘stlaringiz abituriyent sifatida kirish imtihonlariga TARIX fanidan tayyorlanayotgan bо‘lsa, ushbu test dasturini sinab kо‘rishni tavsiya etamiz.

 

Dastur hajmi: 2.3 megabayt;

— Dastur Android 4.0 dan yuqori versiyalarda ishlaydi;

News Reporter

14 thoughts on “Abituriyentlar uchun Tarix fanidan test dasturi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *