Android qurilmalari uchun «HTML darslar» dasturi

HTML — HyperText Markup Language uchun qisqartma shakldir va u 1990 — yilda Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. HTML WWW-da ko’rsatiladigan elektron hujjatlarni (sahifalar deb nomlanadi) yaratish uchun ishlatiladi.

Har bir sahifa “Hyperlink” ya’ni “ko’prik”lar orqali bir – biriga ulanadi. O’sha ko’priklarni bosish orqali boshqa sahifalarga o’tib yurasiz. Siz internetda ko’radigan har bir veb sahifa HTML ning bir yoki boshqa versiyalaridan foydalanib yozilgan.

HTML kodi matn va tasvirlarni to’g’ri formatlashni ta’minlaydi, shu tarzda sizning Internet brauzeringiz mo’ljallangani kabi ko’rsatadi. HTML bo’lmasa, brauzer matnni elementlar yoki rasmlar yuklash sifatida qanday ko’rsatishni bilmagan bo’lardi.

HTML shuningdek, sahifaning asosiy tuzilishini taqdim etadi, keyin Cascading Style Sheets ko’rinishini o’zgartiradi. Biz HTML-ni veb-sahifaning suyaklari (tuzilishi) va Cascading Style Sheets (CSS) ni esa uning terisi (tashqi ko’rinishi) deb tushunishimiz mumkin.

Siz veb dizayner bo’lmoqchimisiz, sayt yaratmoqchimisiz, albatta HTML-dan xabaringiz bo’lishi kerak. Masalan WordPressdagi ishlarim uchun ham HTML bilimlarimdan foydalanaman.

Shuni aytishim mumkin,  HTMLni o’rganish juda oson.

Xullas, HTMLni o’rganishni maslahat beraman. Boshqa biron bir dasturlash tilini o’rganmoqchi bo’lsangiz ham, boshlanishiga HTMLdan boshlasangiz, keyingi tillarni tushinish oson kechadi.

HTML darslar dasturi sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi. Ushbu dasturdagi ma’lumotlar o’zbek tilida bo’lib HTML ni 100% o’zlashtirishingizga kafolat beradi. 

Dastur narxi: 20 ming so’m;

Dastur formati: .apk | Android 4.0 +

Dasturni sotib olmoqchi bo’lganlar Telegramdagi @Nursaidov yoki +998932209952  telefon raqamlarimiz orqali bo’glanishlari kerak.

To’lov siz istagan usulda amalga oshiriladi.

Dastur Elektron pochtangizga yoki telegram manzilingiz orqali jo’natiladi. Dasturni TAS IX tizimi orqali ham biz yuborgan manzil orqali yuklab olishingiz mumkin.

News Reporter

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *