Informatika fanidan mobil darslik

Maktab o’qituvchilari, o’quvchilari va informatika fanini o’rganuvchilar uchun Android qurilmalarida ishlovchi mobil darslik sotuvga chiqarildi.

1. Dasturda maktab darsliklari bo’limida 5 dan 11-sinfgacha bo’lgan darsliklar kiritildi. Hamda ushbu bo’limning oxirida kompyuter qurilmalari haqida to’liq ma’lumot beruvchi qo’shimcha darslik kiritildi.

2. Dasturning info-darslik bo’limida informatika fanini chuqur egallash uchun zarur bo’lgan asosiy va kerakli ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu bo’limda kamyob ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

3. Dasturning Test sinovi bo’limida 1500 ta test bazasi joylashtirildi. Bunda barcha informatika va axborot texnologiyalariga qiziquvchilar bilimini nazorat qilib borishlari mumkin. Test dasturini ishga tushirganda 30 ta savol beriladi. Testni ishlab bo’lganingizda sizning natijangiz ekranda namoyon bo’ladi. Bazadan testlar almashadi.

4. Dasturning ko’z mashqi bo’limi orqali ko’z charchaganda yoki toliqqanda dasturda keltirilgan mashqlarni birga bajarib ko’zingizni nurini bir xil ushlab turish mumkin bo’ladi.

5. Dasturning kitoblar bo’limida maktab o’qituvchilari va o’quvchilari uchun zarur adabiyotlar: Paskal, Paskalda grafika, Delphi, Visual Basic, Html, CSS (bunda ham o’zbek tilidagi kamyob ma’lumotlar keltirilgan), Javascript, C++, Python, Corel Draw, Macromedia Flash, Adobe Photoshop va Java dasturlash tili to’liq va o’zbek tilida o’rgatilgan.

6. Ma’lumot bo’limida dastur mualliflari keltirilgan.
———————————————————————

1. Dasturga mualliflik huquqini asoslab beruvchi guvohnoma olish uchun ima.uz saytiga kerakli hujjatlar jo’natildi.

2. Dasturga tez-tez quyidagi imkoniyatlarni qo’shib boramiz:
– Krossvordlar. Sinflar bo’yicha
– Tez yozish bo’limi
– Viktorinalar
– Web bo’limida foydalanuvchi kod yozadi natija avtomatik ko’rinadi
– Har xil o’yinlar
– Kompyuterni sozlash qismi
– va h.k

3. Dasturdan kelajakda O’zbekistonda informatika va axborot texnologiyalarinini mobil ilova orqali o’qitish ham rejamizda bor.
——————————————————————-

Dasturni sotib oluvchilar @Nursaidov yoki @Nursaidov_bot orqali hamda 996732457 telefon raqamlarimizga murojaat qilishlari mumkin.

Dastur narxi: 35 ming so’m.

Dasturni sotib olganlar, keyinchalik dasturga qo’shimcha imkoniyatlar kiritilganda yana shu narxda sotib oladimi? degan savol bo’lishi mumkin. Yo’q. Dasturni avval xarid qilganlar keyinchalik dasturning umumiy summasining 20% miqdorida to’lov qilib dasturni olishadi.

Hozir barcha o’quvchida mobil telefon bo’lganligi sababli informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha barcha bilimlarni shu ilovadan olishi mumkin.

News Reporter

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *