O’zbek dasturchisi tomonidan yaratilgan Flesh Posbon 1.1 antivirus dasturi

RIVOJLANAYOTGAN JAMIYAT VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Shiddat bilan rivojlanayotgan jamiya va davlat tuzilmalarini zamon talablari bilan hamnafas bo’lishi ko’p jihatdan axborot texnologiyalari yutuqlaridan foydalana bilishga bog’liqdir. Jamiyat va davlat tuzilmalarini har qanday sohasini axborot texnologiyalarisiz tassavur etib bo’lmaydi. Hozirgi kunda axborotni tashuvchi sifatida flesh xotiradan foydalaniladi. Flaesh xotira juda qulay va ixcham vosita. Lekin flesh xotiradan foydalanuvchilar kompyuter viruslaridan aziyat chekadilar. Viruslar flesh xotiraga juda tez o’tadi va undagi axborotlarga turli darajada ziyon etkazadi. Hozirgacha ma’lum bo’lgan viruslarni 30% ni flesh xotira uchun yozilgan viruslar tashkil etadi. Hozirda ommaviy ishlatiladigan antiviruslar flesh xotirani  viruslardan samarali va ishonchli himoya qila olmayapdi. Buning sabablari bir nechta:

  1. Antivirus dasturi litsenziyalanmagan.
  2. Antivirus dasturini signatura bazasi eskirgan.
  3. Viruslar operasion sistemani,undagi dasturlarni shu jumladan antivirus dasturini ham zararlagan.

 

Antivirus dasturi litsenziyalangan va bazasi yangi bo’lsa ham flesh xotirani viruslardan samarali himoya qila olmaydi,chunki antivirus dasturlarini asosiy vazifasi operasion sistemani himoyalashdir. Sistemaviy diskni tekshirish,undagi o’zgarishlarni aniqlash birlamchi vazifadir. Boshqa disklar,shu jumladan tashqi disklarni viruslardan himoya qilish ikklamchi vazifa hisoblanadi.

Faqat flesh xotira bilan ishlovchi antivirus dasturlari mavjud bo’lb,ularning aksariyatini samarasi qoniqarli emas. Yaxshi dasturlarni sotib olish uchun esa chet el valyutasi kerak bo’ladi. Bunga esa hammani imkoniyati yo’q.

Taklif etilayotgan Flesh Posbon 1.1 antivirus dasturi esa ham qulay,ham samarali shu bilan birga uzbek valyutasida sotib olish mumkin.

DIQQAT

Flesh Posbon 1.1 antivirus utilitini ishlashi uchun kompyuter administrator huquqiga ega bo’lishi kerak.Agar profilingiz administrator huquqiga ega bo’lmasa unga Windows sozlamalaridan shunday huquq bering!!!

 !!! Flesh Posbon 1.1 antivirus utiliti avtoyuklamaga (Автозагрузка) o’rnashadi,shuning uchun har safar kompyuterni yoqganda avtomatik ishga tushadi.

 FLESH POSBON 1.1 ANTIVIRUS UTILITI NIMAGA QODIR:

  1. Bu ilovaga o’xshash flesh xotira bilan ishlovchi ilovalar faqat ayrim viruslarni aniqlaydi va yo’q qiladi xolos.Flesh Posbon 1.1 ilovasi flesh xotira fayl sistemasidagi har qanday o’zgarishlarni aniqlaydi va o’zga-rishlarni o’z nazoratiga oladi;
  2. Ilova flesh xotiradagi EXE viruslar(Win32/Packed.Fly Studio.O.Gen);
  3. LNK ko’rinishidagi troyanlar (LNK/Agent.BL), qurtlar(червь) (VBS/Agent. NJH),Autorun turidagi virus,troyan hamda qurtlarni shavqatsiz yo’q qiladi;
  4. Ayrim bat fayllari yaratgan fayl va papkalar,Java tilidagi ssenariylarni ishga tushiruvchi bat fayllarni aniqlaydi va yo’q qiladi;
  5. Bundan tashqari virus  tufayli fayllar xususiyati (attributes) yashirin bo’lib qolgan fayllarni xususiyatlarini o’z holiga qaytaradi;
  6. Virus yaratgan turli nomdagi papka va faylarni yo’q qiladi;
  7. Flesh disk fayl sistemasidagi har qanday o’zgarishlarni aniqlaydi. Paydo bo’lgan viruslarni juda tez bartaraf etadi;
  8. Viruslar paydo qilgan:

Mes images,Nouveau dossier,My Games,My Movies,My Videos,

MozillaFirefox,BrowserUpdateCheck,Nude,Sex,Love You kabi papkalarni yo’q qiladi;

  1. Viruslar yaratgan :exe,Video.exe,New.exe,New.exe, Folder.exe,Games.exe,Fun.exe,My Documents.exe,Clips.exe,My Folder.exe,Picture.exe,Favorites.exe,Flash Games.exe,Angelina Jolie.exe

Documents.exe,Folder(1).exe,Folder(2).exe,Folder(3).exe,Folder.exe

Singari papka ko’rinishidagi fayl viruslarni bartaraf qiladi.

News Reporter

1 thought on “O’zbek dasturchisi tomonidan yaratilgan Flesh Posbon 1.1 antivirus dasturi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *