EHM 

Elektron hisoblash mashinalari xozirgi kunda inson foydalanayotgan xolatiga kelguniga qadar bir qancha davrlarni bosib o‘tgan va ular o‘zlarining turli afzallik, kamchiliklari bilan farqlanganlar.

Elektron hisoblash mashinalarining rivojlanish jarayonidagi avlodlar quyida gilar –

       1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroqlardan iborat. EHM katta hajmi, ko‘p elektr quvvati iste’mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan.

2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim o‘tkazgichli elementlardan iborat. Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan.

3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza integral chizmalardan iborat. EHM hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi, ma’lum masofadagi terminallardan alohida  bo‘lish.

4-avlod (1970 yillar o‘rtalaridan). Element bazasi – mikroprotsessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy komp`yuterlarning ommaviy chiqarilishi. Asosiy yutuqlaridan biri – rivojlanish yo‘nalishi; yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari arzon mikro EHMlarni yaratilishidir.

5-avlod (1980 yillar o‘rtalaridan). Intellektual  komp`yuterlar ishlab chiqarila boshlandi.

News Reporter

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *